2023-yil 19-oktabr kuni O’zbekiston-Tatarston biznes-forumi doirasida delegatsiya a’zolari “Jizzax” texnoparkiga tashrif buyurishdi.
Tatariston Respublikasidan delegatsiyani Tatariston Respublikasi bosh vazirining o’rinbosari – sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko boschiligida bo’ldi. Delegatsiyaga O’zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o’rinbosari Xurram Teshabayev va «O’zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisi Timur Muhamedjanov hamrohlik qilmoqda.
Jizzaxda mehmonlar “Jizzax” texnoparki faoliyati bilan tanishdilar, unda rezident bo’lishni istagan tadbirkorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, delegatsiya a’zolari “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasining amaldagi korxonalariga tashrif buyurishdi.
So’ngra Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev va Jizzax shahri ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.