Biznes-missiyasi doirasida Birinchi hududiy tarmoqlararo yarmarkaning ochilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari Galina Saidova tantanali nutq so‘zlab, Jizzax viloyatining yuksak salohiyati, hududda sanoat rivojini ta’kidladi. Shuningdek, Tatariston Respublikasi sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari German Lerner tabrik so‘zi bilan chiqdi.
Biznes-missiyasi delegatsiyasi “Jizzax” texnoparki hududidagi “JIZZAX PLASTMASSA” AJ ishlab chiqarishiga tashrif buyurdi. Ular texnopark hududida amalga oshirilayotgan ishlar, ishlab chiqarish jarayonlari va istiqboldagi rejalar bilan tanishdi.
Delegatsiya aʼzolari Jizzax shahridagi “Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim” va “Sharaf Rashidov” muzeylarida boʻldi. Mehmonlarga muzeylar zallari bo‘ylab ekskursiya uyushtirilib, O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan insonlari hayoti va faoliyati haqida so‘zlab berildi.
Madaniy dasturdan so‘ng mehmonlar Qozon federal universitetining Jizzax shahridagi filialiga tashrif buyurishdi. Universitet vakillari mehmonlarni talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirib, kelgusidagi rivojlanish rejalari haqida so‘zlab berdilar.